Jahon | 15:31 / 08.09.2018
12752
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Rossiyani josuslikda aybladi

Foto: Ludovic Marin / Reuters

 Rossiya harbiylar tomonidan ishlatilgan Fransiya-Italiya sun'iy yo‘ldoshidan ma'lumotlarni tutib olishga uringan. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni 2017 yilda, uning «Luch» kosmik apparati Athena-Fidus sun'iy yo‘ldoshiga minimal masofaga yaqinlashganda ma'lumotni qo‘lga kiritishga harakat qilgan. Hodisa taxminan 36 ming kilometr balandlikda sodir bo‘lgan. «Bunday urinish bizning xabarlarni tutib oladi, deb kim ham o‘ylagandi», - deya Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlarini keltiradi Reuters.

Parlining ta'kidlashicha, ro‘y bergan voqea - «nafaqat nodo‘stona qadam, balki josuslik harakati ham». Vazirning qayd etishicha, Rossiyaning bunday harakatlari - AQSh va Xitoy ham jalb etilgan kosmosdagi yangi harbiy poyganing qismi, deya ta'kidlaydi Bloomberg.

«Biz aniq bilamizki, boshqa kosmik jihatdan qudratli davlatlar qandaydir obektlarni orbitaga chiqarmoqda, ehtimoliy jangovar tizimlarni sinovdan o‘tkazmoqda, o‘ziga xos manyovrlar qilmoqda, bu ularning niyatlari tajovuzkorligiga shubha qoldirmaydi», - deya ma'lum qildi u. Mudofaa vazirligi rahbarining qayd etishicha, stavkalar yuqori va bunday holatda mutlaq ustuvorlik - o‘z mustaqil infratuzilmasini yaratishdir.

Athena-Fidus - Fransiya-Italiya telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshi bo‘lib, u ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasida yuqori tezlikdagi xavfsiz aloqa o‘rnatishga imkon beradi. U, shuningdek, ushbu mamlakatlarning tezkor xizmatlari tomonidan ham qo‘llaniladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaga javob qaytargandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid