23:19 / 08.09.2018
8144

Kolumbiya Falastinning mustaqilligini tan olishdan voz kechmaydi

Kolumbiya hukumati sobiq prezident Xuan Manuel Santosning Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish qaroridan voz kechmaydi. Bu haqda mamlakatning tashqi ishlar vaziri Karlos Xolms Truxilo ma'lum qildi.

El Tiempo nashrining yozishicha, bunday bayonotni Truxilo AQShga safarining birinchi kuni aytgan. Truxiloning aytishicha, Kolumbiya Falastinni  mustaqil davlat sifatida tan olish qaroridan voz kechmaydi.

“Shu bilan birga Falastin bilan munosabatlar borasida yangi qadamlar amalga oshirilmaydi.  Kolumbiya Falastinda diplomatik vakolatxonasini ochmaydi. Kolumbiyaning Misrdagi va Isroildagi elchixonalari fuqarolarimiz iltimosini qondirish uchun yetarli”, deb aytgan  Truxilo.

30 avgustda Kolumbiyaning sobiq prezidenti Xuan Manuel Santos Kolumbiya tomonidan Falastinning mustaqil davlat sifatida tan olinganini e'lon qildi. Santosning prezident lavozimidagi  vakolati 7 avgustda o‘z poyoniga yetdi.

Top