Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron O‘zbekiston avtomobillarini import qilishni va ularni o‘zida yig‘ishni xohlayapti
Foto: nuz.uz
Eron O‘zbekiston avtomobillarini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida xabar qilindi.
Spot’ning yozishicha, Eron avtobus va yuk parki yangilanishga juda muhtoj bo‘lib, shu sababdan Eronning Sepehr Meshqat Caspian kompaniyasi O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor.
Birinchi bosqichda Eron kompaniyasi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi avtomobil mahsulotining bir nechta namunalarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Undan so‘ng hajm 1 ming donaga qadar oshiriladi.
Bundan tashqari, kompaniya mahsulotni qismlarga ajratilgan (complete knock-down) va yarim ajratilgan holda (semi knock-down) keyinchalik Eronda yig‘ish yo‘lga qo‘yish maqsadida import qilish taklifi bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan 29 mingdan ortiq avtomobilni sotuvga qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
00:47 / 19.01.2026
Netanyahu Trampdan Eronga hujum qilmaslikni so‘ragan – OAV
16:04 / 18.01.2026