Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa MDHdan pul yuvishga qarshi kurashni kuchaytiradi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari MDHdan keluvchi jinoiy pul yuvish oqimlari bilan kurashni qat'iylashtiradi. Bu haqda Yevrokomissiyadagi manbaga asoslangan holda Financial Times xabar tarqatdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Yevropa banklari uyushmasi (EBA) noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni yuvish jinoyatlarini tekshirish uchun qo‘shimcha resurslar ajratadi. Yevropa prokuraturasi jinoiy tekshiruvlar uchun vakolatga ega bo‘ladi.
Lenta.ru xabariga ko‘ra, bungacha Yevropa prokuraturasi faqat Yevropa mamlakatlari byudjyetidan foydalangan holda moliyaviy jinoyatlar sodir etilganida tekshiruv o‘tkazishga haqli edi, xolos.
Shuningdek, Rossiya va MDH mamlakatlaridan Yevropaga Estoniyadagi Danske Bank orqali kelgan 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish rejalashtirilgan.
2025 yildan Yevropa Ittifoqi prokuraturasi moliyaviy terroristik faoliyat bo‘yicha ish ochishga ham haqli bo‘ladi. Bu tashabbusni YeIning 28 mamlakatidan 22tasi ma'qullagan. Yakuniy qaror uchun ittifoqning barcha a'zolari roziligi talab etiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026