Jahon | 22:45 / 10.09.2018
26183
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng baland binosiga chaqmoq urishi foydalanuvchilarni hayratlantirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yaqinda Sankt-Peterburgda yuz bergan momaqaldiroq lavhalarini faol muhokama qilishmoqda. Ularda po‘rtana vaqtida shaharda qurilayotgan “Laxta Tsentr”ning yashinqaytargichiga chaqmoq urishi hayrat uyg‘otgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatning ko‘plab suratlari va videosi paydo bo‘lgan.

“Kecha ikki soatcha tabiatning qudrati va go‘zalligi ortidan kuzatdik. Uxlashga yotganimizda chaqmoq hali ham davom etayotgandi”, deb izoh bergan tabiat hodisasiga foydalanuvchilardan biri.

Qolgan izohlar orasida “Naqadar chiroyli!”, “Tabiatimiz naqadar qudratli!”, “Anchadan beri kopterimni uchirmagandim, biroq bu yerda Zevsning o‘zi buni buyurdi” degan izohlar bo‘lgan.

Sankt-Peterburgning Laxta degan joyida qad rostlayotgan “Laxta Tsentr” binosi balandligi 462 metrni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid