O‘zbekiston | 19:05 / 10.09.2018
15684
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkent-Shahrisabz qatnovi yo‘lga qo‘yildi

2018 yil 7 sentabrdan boshlab Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida zamonaviy “Afrosiyob” elektropoyezdining muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida avval xabar berilgan edi. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan OAV vakillari uchun qatnovning ilk kunida mediatur tashkil qilindi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, umumiy uzunligi Toshkentdan Shahrisabzgacha bo‘lgan 635 km.dan ortiq masofa 4 soat mobaynida bosib o‘tilgan. U Shahrisabzgacha Samarqand va Qarshi shaharlarida qisqa daqiqaga to‘xtab o‘tgan. Qarshidan Shahrisabzgacha bo‘lgan 120 km.lik temir yo‘l rekonstruksiya qilindi, atrofi simto‘rlar bilan to‘sildi, 1ta nimtortish stansiya qurilishi elektr energiyasini uzluksiz ta'minlash imkonini berdi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda yangi ko‘priklar, bir qancha sun'iy inshootlar bunyod etildi. 

Bunyodkorlik ishlariga 100ga yaqin zamonaviy texnika va 300 nafarga yaqin mutaxassis jalb qilindi. Loyiha doirasida Qarshi-Shahrisabz-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha 94 km temir yo‘li to‘liq elektrlashtirildi. Quyida mediatur chog‘ida olingan fotosuratlardan bahra olishingiz mumkin. 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

 

Mavzuga oid