Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlar o‘tkazdi
2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturiga binoan 2018 yilning 5-6 sentabr kunlari Ashxobod shahrida konsullik masalalari bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston-Turkmaniston maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlarning Minsk konvensiyasi qoidalarini ijrosi borasidagi o‘zaro hamkorligiga ijobiy baho berildi. Shu bilan birga, ta'kidlanganidek, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida iqtisodiy va migratsiya jarayonlarini kengayishi ikki davlat tegishli organlari o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan vakolatli organlarning so‘rovlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va bajarish, birinchi davlat hududidagi ikkinchi davlat fuqarolariga bog‘liq tegishli xabarnomalarni belgilangan muddatlarda yuborish masalalarini faollashtirishni talab qiladi.
Tadbir yakunida Bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025