Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma Alibaba’dan ketishi borasidagi mavhumlikka «nuqta qo‘ydi»
Xitoydagi eng yirik elektron tijorat korporatsiyasi Alibaba Group asoschisi va rahbari Jyek Ma 2019 yil 10 sentabrda kompaniya rahbarini lavozimini tark etadi, uning o‘rnini esa hozirgi bosh direktor Chjan Yun egallaydi. Bu haqda Alibaba Group bayonotida ma'lum qilingan.
“Bugun Alibaba’ning 19 yilligi. Men roppa-rosa bir yildan keyin, ya'ni 2019 yil 10 sentabrda, kompaniyaning 20 yilligi kunida Alibaba Group boshqaruv kengashi raisi vazifasini boshqa bajarmasligimni e'lon qilaman”, deb aytilgan bayonotda.
“Bugungi kundan boshlab men kompaniyamizni bu o‘zgarishlarga tayyorlashda Chjan Yunga butun kuchim bilan yordam berishni boshlayman”, deb aytgan xitoylik milliarder.
Ma 2019 yil 10 sentabrdan keyin 2020 yilda kompaniya aksiyadorlarining yillik kengashi o‘tkazilgungacha kompaniyaning direktorlar kengashi a'zosi bo‘lib qoladi.
8 sentabrda The New York Times nashri Maning so‘zlariga iqtibos keltirgan holda u joriy yilning 10 sentabrida kompaniya rahbari lavozimidan ketishini ma'lum qilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 10 sentabrda 54 yoshga to‘ladigan Ma xayriya ishlari va ta'lim loyihalari bilan shug‘ullanish uchun pensiyaga ketishini aytgan. Biroq keyinroq Alibaba vakillaridan biri bu xabarni inkor etgan.
Mavzuga oid
17:11 / 18.02.2026
Alipay'da qanday ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish mumkin?
02:32 / 10.09.2025
Alibaba humanoid robotlarga investitsiya kiritdi
13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
19:37 / 12.03.2023