Jahon | 15:16 / 11.09.2018
28590
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda rossiyalik harbiylarning o‘lda-jo‘lda ish qilishidan kulishdi

AQShdagi Business Insider nashri Rossiya harbiy texnikasi, birinchi navbatda, T-34 va T-72 tanklari bilan bog‘liq turli hodisalar tasvirlangan qator roliklarni bir kadrga jamlab chiqdi. Shuningdek, videoda ustunga kelib urilgan Belarus tanki va ko‘prik bilan to‘qnashgan Rossiya kemasini ko‘rish mumkin.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Business Insider tanlagan roliklar orasida Kurskda avgust oyida yuz bergan holat ham bor - T-34 tanki Kursk do‘g‘asidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paraddan so‘ng platformada harakatlanib,  yuk ortuvchi o‘ziyurar mashinadan tushib ketgan. 1943 yilda ishlab chiqarilgan mashina Leningrad oblastidan olib kelingan bo‘lib, u harbiy texnika kolonnasini boshqargan.

«Savol paydo bo‘ladi: rossiyalik harbiylar bilan nima yuz bermoqda? Yomon ta'lim? Beparvolik? Harbiy paradlarning ko‘pligi? Shunchaki tasodif? Yoki bularning bari birdaniga?» - deya savollar bilan murojaat qilgan nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzoq Sharqda Rossiya tarixidagi eng katta harbiy mashqlar boshlangani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid