Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Idlibga hujum qanday xatarlar keltirib chiqarishini aytdi
Foto: REUTERS
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Suriyaning Idlibiga hujum qilish Turkiyaga gumanitar xatarlar tahdidini keltirib chiqaradi. Erdo‘g‘anning so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.
Shuningdek, Turkiya yetakchisining ta'kidlashicha, Idlibga hujum mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatni Suriya muxolifatining oxirgi markazi bo‘lgan Idlib bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirdi. Prezidentning qayd etishicha, aks holda «butun dunyo narx to‘lashga majbur bo‘ladi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Rossiya va Eronga chaqiriq bilan chiqqandi.
Erdo‘g‘an Tehrondagi uch tomonlama muzokaralar chog‘ida ma'lum qilishicha, Suriyaning Idlib viloyatini ushbu davlat prezidenti Bashar Asadga «shunchaki» topshirib qo‘yish kerak emas, Anqara bu viloyat «qonli ko‘lga» aylanishini xohlamaydi.
Mavzuga oid
19:41 / 17.12.2025
«U endi Putinga kerak emas». The Guardian Bashar Asadning Moskvadagi hayoti haqida yozdi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
08:51 / 17.12.2025
Tramp Suriya va boshqa davlatlar fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi
00:00 / 15.12.2025