Suriyaning Idlib viloyatini uşbu davlat prezidenti Başar Asadga «şunçaki» topşirib qöyiş kerak emas, Anqara bu viloyat «qonli kölga» aylanişini xohlamaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Tehrondagi uç tomonlama muzokaralar çoğida ma'lum qilgan.
Erdöğandan taşqari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy iştirok etgan sammitdan translyatsiya YouTube videoservisida uzatilgan, deb xabar bermoqda RBK.
«Biz Idlib qonli kölga aylanmasligini, hamda sizlarning döstlaringiz sifatida, sizlar ham bu sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşingizni istaymiz», - dedi Erdöğan. «Biz bu mintaqani şunçaki Asad rejimiga topşiriq qöymasligimiz kerak», - deya davom etgan u. Şuningdek, Erdöğanning bildirişiça, «Idlibga qilingan har qanday hujum falokatga, qotillikka va insoniyatning buyuk fojiasiga olib keladi».
Avvalroq, Erdöğan Idlibda taxminan 3,5 million kişi borligi va «bu tumanga raketalar uça boşlasa, jiddiy qon tökilişi yuz berişi» haqida ogohlantirgandi. Uning qöşimça qilişiça, bu tumandagi keng miqyosli hujum Turkiyaga qoçqinlarning yangi tölqinini vujudga keltiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putinning Eronga taşrifi vaqtidagi ğalati hodisa haqida ma'lumot paydo bölgandi.

















