Jahon | 14:33 / 12.09.2018
9799
2 daqiqa o‘qiladi

Putin AQShning KXDRni qurolsizlantirish imkoniyatlariga shubha bilan qaradi

Foto: RIA Novosti / Sergey Mamontov

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreyaga xavfsizlik kafolatlarini nafaqat AQSh, balki boshqa davlatlar ham berishi kerak. Uning Sharqiy iqtisodiy forum doirasida aytgan so‘zlari «Lenta.ru» tomonidan keltirildi.

Rossiya rahbarining ta'kidlashicha, Pxenyanni faqatgina Vashingtondan xavfsizlik kafolatlari qoniqtirishi mumkin ekani - shubhali. «Qanday turdagi kafolatlar bo‘lishi mumkin? Xalqaro, - dedi u, - xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, yadro quroliga ega va bu kelishuvlarda ishtiroki ta'minlangan davlatlar bunday kafolatlarni berishi mumkin».

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, agar KXDRni faqat AQSh kafolatlari qoniqtirsa, unda Moskva xursand bo‘ladi, biroq «bu yuzaga kelmasa kerak». «Agar Shimoliy Koreya yadrosizlanish yo‘lida biror narsa qilsa, unda u butunlay qurolsizlanish haqida tinimsiz talab qilishlar va o‘z xavfsizligi qanday ta'minlanishi masalasiga yechim topish emas, balki boshqa javob qadamlarini kutadi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.

Rossiya prezidenti Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni o‘ziga qulay bo‘lgan har qanday vaqtda Rossiyaga kelishga taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Rossiyaga kelmoqchi ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid