O‘zbekiston | 15:28 / 12.09.2018
9097
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Ahmad Donish ko‘chasi qisman yopildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston poytaxtida Ahmad Donish ko‘chasi transport vositalari harakati uchun qisman yopildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

«11 sentabrdan, issiq suv ta'minoti kommunikatsiyalarini almashtirish bo‘yicha ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Ahmad Donish ko‘chasi (ko‘chaning asosiy qismi, Ahmad Donish - Moyqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasiga yaqinroq, xaritada qizil rang bilan belgilangan) transport vositalari harakati uchun qisman yopildi», - deyiladi IIBB xabarida.

Ta'kidlanishicha, harakat ta'mirlash ishlari yakunlanguniga qadar yopildi.

Shu bilan birga, Ahmad Donish ko‘chasining qo‘shimcha qismidan harakatlanish mumkin (xaritada yashil rang bilan belgilangan).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid