Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga elektrobuslar olib kelinadi
2017-2019 yillar davomida “Toshshahartransxizmat” AJ avtokorxonalariga “Le-60”, “ISUZU”, “MAN” rusumli, jami 770 ta yangi avtobuslar xarid qilinadi. Ular konditsioner va pandus (nogironligi bo‘lgan kishilarning chiqib-tushishlari uchun mo‘ljallangan yo‘laklar) bilan jihozlanadi.
Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibida 9 ta avtobus saroyi, 4 ta unitar korxona mavjud. Avtobus saroylari tomonidan 133 ta yo‘nalishda transport xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yiliga o‘rtacha 200 milliondan ziyod yo‘lovchi tashiladi. Mazkur yo‘nalishlarga 1 124 ta avtobus biriktirilgan va ular tomonidan bir kunda 16 049 ta qatnov amalga oshirilmoqda.
Joriy yil boshidan uzoqdan nazorat qiluvchi GPS hamda A-21 tizimi qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haydovchi va nazoratchi o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, yo‘nalishlarda sodir etiladigan qoidabuzarliklarni onlayn tarzda aniqlab, bartaraf etish imkonini bermoqda.
Bundan tashqari, har bir avtokorxonada “Ma'muriyat nazorati” guruhlari tashkil etilgan. Ular tomonidan har kuni o‘zlariga tegishli avtobus yo‘nalishlarida monitoring va o‘rganish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi doirasida mamlakatga elektrobuslarni keltirish yuzasidan loyihaga qo‘l urildi.
Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda bir avtobus saroyi boshqaruvini ularga berish masalasi har taraflama o‘rganilmoqda. Bundan tashqari, avtosaroylarda "MAN" rusumli avtobuslar sonining ortib borayotganini hisobga olib, 5-avtobus saroyi qoshida “MAN” servis markazini qurish bo‘yicha ishlar boshlanmoqda.
Bekatlarga elektron tablo va Wi-Fi o‘rnatish bo‘yicha jadal ishlar ketmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda avtobuslarga kuzatuv kameralarni o‘rnatish, 2030 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash, avtobus saroylarida davlat xususiy sheriklik asosida gaz quyish shoxobchalarini (AGNKS) qurish ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
15:59 / 08.01.2026