Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voronejda qizlarni zo‘rlab kelgan uch nafar o‘zbekistonlik ushlandi
Illyustrativ foto/RIA Novosti
Rossiyaning Voronej shahrida O‘zbekiston Respublikasining uch nafar fuqarosi sud qilinadi.
24 yoshli Ural Allanov, 25 yoshli G‘anisher Bo‘tayev va 25 yoshli Xolmurod Mo‘minov bir nechta zo‘rlash va talonchilik holatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda. Jinoyatchilarning tasodifiy qurbonlariga 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan besh nafar qiz aylangan, ular qizlarni shahar ko‘chalarida tungi vaqtlarda uchratishgan, deb xabar berdi ushbu shahar prokuraturasi.
2017 yilning sentabrida Bo‘tayev va Allanov Voronej ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, yolg‘iz yurgan qizni ko‘rib qolishgan. Erkaklar uni mashinaga kuch bilan o‘tqazib, shahardan tashqariga olib chiqishgan va zo‘rlab, narsalarini o‘g‘irlab ketishgan.
Hodisadan so‘ng do‘stlar har hafta dam olish kunlari bunday «safarga» chiqishga kelishib olishadi. Uch nafar jinoyatchi kechki vaqtlarda ayollarga hujum qilishgan. Zo‘ravonlarning tasodifiy qurbonlariga 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan to‘rt qiz aylandi.
Gumonlanuvchilarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Har bir jinoyat uchun maksimal jazo - 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish.
Mavzuga oid
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
09:43 / 15.04.2026