Jahon | 08:46 / 12.09.2018
13000
2 daqiqa o‘qiladi

Jirinovskiy ruslarga fuqarolikni 3 oy ichida berishni taklif qildi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Fidorenko

Rossiyaning Rossiya liberal-demokratik partiyasi (LDPR) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy rus millatiga mansub kishilarga fuqarolikni berishni soddalashtirishni va ularga pasportni 2-3 oy ichida berishni taklif qildi.

Jirinovskiy bunda Rossiya fuqaroligini bor-yo‘g‘i 3 oy oldin olib, endi Krasnogorsk shahri dumasi deputatiga aylangan amerikalik yakkakurashchi Jyeff Monsonni eslab o‘tdi. “U ruschani bilmasa ham, Moskva viloyati aholisini parlamentda bildiradi”, deb kinoya qilgan Jirinovskiy.

Monson Rossiyada o‘tgan yagona saylovlar natijalariga ko‘ra shahar okrugi deputatlari kengashi deputati etib saylangan.

“Qachon fuqarolik bo‘yicha normal qonun qabul qilamiz? Monsonga bir onda berilmoqda, ruslar esa pasport ololmayapti,”, deb yozgan Jirinovskiy Facebook’dagi sahifasida. U shuningdek fransuz aktyori Jyerare Depardega ham qisqa fursatlarda fuqarolik berilganini eslab o‘tgan.

“Ruslar ikkinchi navdagi odamlar kabi pasport olishni 5-6 yillab kutishadi. LDPR takrorlaydi: barcha ruslarga Rossiya elchixonalarida 2-3 oyda pasportlar berilishi kerak”, deb davom ettirgan Jirinovskiy.

Depardega 2013 yil 1 yanvarda fuqarolik berilgan. U Fransiya fuqaroligini ham saqlab qolgan. Monsonga esa Rossiya fuqaroligi 2018 yil 12 iyunda – Rossiya kunida berilgan. 

Mavzuga oid