Sport | 21:58 / 13.09.2018
9492
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» maoshlarga «Real»dan ko‘proq pul sarflamoqda

Foto: Getty Images

La Liga rasmiy saytida klublarning maoshlarga sarflaydigan mablag‘lari to‘g‘risida ma'lumotlar chiqdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Ispaniya chempionati va Kubogining amaldagi g‘olibi «Barselona» egallab turibdi. Jamoa 2018/19 mavsumida futbolchilar, murabbiylar va ishchi-xizmatchilarning maoshi uchun 633 million yevro sarflaydi.

Ikkinchi o‘rinda Chempionlar Ligasining so‘nggi uchta turniri g‘olibi «Real» bormoqda - 566,5 million yevro. Kuchli uchlikni Yevropa Ligasi va UYeFA Superkubogi sohibi «Atletiko» yakunlab bergan - 293 million yevro.

Shuningdek, yuqori oltilikdan «Valensiya» (164,6 million yevro), «Sevilya» (162,7 million yevro) va «Vilyarreal» (109 million yevro) joy olgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid