Jahon | 08:28 / 13.09.2018
5769
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro Xitoyga jo‘nab ketdi

Foto: AVN / Referencia

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Xitoyga jo‘nab ketdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Men Xitoyga davlat tashrifi bilan yo‘l olmoqdaman. Bu biz uchun juda muhim, Venesuela uchun katta umidlar beradi. Biz o‘zaro munosabatlarimiz darajasini yanada oshirmoqchimiz, shuningdek, iqtisodiyot, moliya, energetika, texnologiyalar, aloqa sohalaridagi strategik kelishuvlarda yangi bosqichga chiqmoqchimiz», - dedi Maduro.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, tashrif eng yaxshi sharoitlarda o‘tmoqda, sababi Venesuelada hozir «iqtisodiyot, o‘sish va farovonlikni tiklash dasturi» ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuela rahbarini ag‘darib tashlash rejalarini o‘rganib chiqqani xabar berilgandi.

The Independent xabariga ko‘ra, AQSh ma'muriyati xodimlari Venesuela hukumatini to‘ntarib tashlashni rejalashtirgan mahalliy harbiy xizmatchilar bilan aloqada bo‘lgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid