Jamiyat | 12:32 / 13.09.2018
14858
2 daqiqa o‘qiladi

Stomatologik muolaja orqali kasallik yuqishi mumkinmi? 

Foto: Pixabay

Tish davolatish, oldirish, qo‘ydirish, tish toshlarini tozalatish va shu kabi muolajalar qon bilan bog‘liq muolajalar hisoblanadi, deb xabar bermoqda respublika Sanitariya-epidemiologiya xizmati. 

OIV infeksiyasi, gepatit V, gepatit S kabi bir qator yuqumli kasalliklarning aynan qon orqali yuqishi hech kimga sir emas.

Xo‘sh, stomatolog huzuriga kelganlar kasallik yuqtirib olmasligi uchun nimalar e'tibor berishlari kerak? 

Bular: 

  • stomatologiya xonasidagi kreslo va tuflagichlarning ozodaligiga;
  • stomatolog bemorni rezina qo‘lqopsiz kutib olishi va tekshirishdan oldin yangi qo‘lqop kiyishiga;
  • har bir bemor uchun alohida individual asboblar  to‘plami bo‘lishiga;  
  • milkka ukol qilishda qo‘llaniladigan shpritslar, tish ildizi kanallarini tekshiruvchi ignalar, rimerlar (tish kanallarini kengaytirgichlar) kabi qon bilan aloqada bo‘luvchi asboblar bir marotabalik bo‘lishiga;
  • tish egovlaydigan bor mashinaning uchliklari sterillanganligiga;
  • tish oldirganda yoki davolatganda tish o‘rniga qo‘yiladigan paxta, bintli sharikchalarni steril bankadan olib ishlatilishiga;
  • tish qo‘ydirayotganingizda, qolip olish uchun temir qolipchalarni steril stoldan olib ishlatilishiga;
  • ishlatayotgan asboblarning nikellari ko‘chmagan va zanglamaganiga alohida e'tibor berishlari kerak. 

Shuningdek, qon orqali yuquvchi kasalliklarni yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan Afrika davlatlari,  Hindiston, Xitoy, Tailand,  kabi mamlakatlarga turistik sayohatlarga borganda yanada e'tiborliroq bo‘lish kerak.

Mavzuga oid