O‘zbekiston | 14:20 / 13.09.2018
14763
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» Namanganda mototsikl ishlab chiqaradi

Foto: myWishBoard

«O‘zavtosanoat» AJ Namangan viloyatining Norin tumanida mototsikl ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 719-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.

Motosikl ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 500 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati qariyb 13 milliard so‘mni tashkil etadi; shundan 3 milliardi aksiyadorlik jamiyatining o‘z hisobidan bo‘lsa, 10 milliardga yaqin mablag‘ «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan ajratiladi.

Korxonani 2019 yilning 1 noyabriga qadar ishga tushirish mo‘ljallangan. U yiliga 10 mingta mototsikl ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Ushbu qarorga asosan 2018-2019 yillarda Norin tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatda jami 100 ta loyiha keltirib o‘tilgan bo‘lib, ularni ro‘yobga chiqarish natijasida 2020 yilga qadar tumanda 3366 nafar odamni ish bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid