Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari yangi bosqichga chiqdi
Samarali muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonotni imzoladi.
Tashrif doirasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 hujjat imzolandi. 2019-2023 yillarda sotsial-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo shartnoma va uni amalga oshirish dasturi ular orasida alohida ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari, kuni kecha o‘tgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma va bitimlar imzolangani ta'kidlandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar ochiq va ishonch ruhida o‘tgani, natijalar shunga yarasha mustahkam va keng ko‘lamli bo‘lishini qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentining 24 yildan keyingi tashrifi tom ma'noda tarixiy bo‘lgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitganini ta'kidladi.
«Tashrif davomidagi muhokamalar O‘zbekiston va Belarusning ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini tasdiqladi. Bu o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur'at bag‘ishlab, uni sifat jihatidan yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
21:24 / 27.11.2025
Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermasligini aytdi
15:36 / 27.11.2025
Vashington Minskdan 100 dan ortiq siyosiy mahbusni qo‘yib yuborishni talab qilmoqda
22:24 / 10.11.2025