Samarali muzokaralardan söng ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi böldi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Qöşma bayonotni imzoladi.

Taşrif doirasida şeriklikning ustuvor yönalişlari böyiça 19 hujjat imzolandi. 2019-2023 yillarda sotsial-iqtisodiy hamkorlik töğrisidagi hukumatlararo şartnoma va uni amalga oşiriş dasturi ular orasida alohida ahamiyatga egadir.

Bundan taşqari, kuni keça ötgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq bölgan şartnoma va bitimlar imzolangani ta'kidlandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uçun ötkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar oçiq va işonç ruhida ötgani, natijalar şunga yaraşa mustahkam va keng kölamli bölişini qayd etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentining 24 yildan keyingi taşrifi tom ma'noda tarixiy bölgani, ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitganini ta'kidladi.

«Taşrif davomidagi muhokamalar Özbekiston va Belarusning köp qirrali şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga intilişini tasdiqladi. Bu özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga kuçli sur'at bağişlab, uni sifat jihatidan yangi, yanada yuksak bosqiçga olib çiqadi», deya davlat rahbarining sözlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning rasmiy taşrifi davom etmoqda.