Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus oliy ta'lim sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
Illyustrativ foto
Belarus Ta'lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rtasida 12 sentabr kuni Toshkentda oliy ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.
Kelishuv doirasida tomonlar oliy ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadilar hamda shu maqsadda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida aloqalar rag‘batlantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Belarus Respublikasida o‘qitishga jalb qilish borasida ijobiy dinamika kuzatilmoqda. 2017/2018 o‘quv yilida Belarusda o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolarining soni 87 kishini tashkil etdi.
Joriy yilning sentabr oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Belarus-O‘zbekiston Ta'lim va madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
13 sentabr kuni Belarus va O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:33 / 27.02.2026
Ta’lim maskanimi yoki diplom fabrikasi: oliy ta’limda bugun standartlar qanday?
13:00 / 26.02.2026
🔴 LIVE: Ta’lim maskanimi yoki diplom fabrikasi: oliy ta’limda bugun standartlar qanday?
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
18:25 / 17.02.2026