Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqinlar uchun chinakam tuhfa: muqaddas shaharlarga islomiy sayohat
Ota-onangiz uchun bir umr yodda qoluvchi sovg‘a hadya etishni istaysizmi? Dunyoning muborak maskanlarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni niyat qilganmisiz? U holda Alfa Tour sayyohlik kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan maxsus islomiy turni o‘tkazib yubormang.
Sayohat manzillari: Madina (3 kun) va Makka (7 kun).
Islomiy tur davomida sayyohlarga 3 turdagi maxsus tariflar taklif etiladi:
1. Komfort tarifi - 9 500 000 so‘m
Madina shahridagi 4 yulduzli mehmonxonada 3 kun (nonushtasi bilan) va Makkadagi 5 yulduzli mehmonxonada 7 kun (nonushtasi bilan) qolish imkoniyati mavjud.
2. Lyuks tarifi - 11 100 000 so‘m
Yanada shinamroq va yuqori darajadagi xizmatlarni istaydigan sayyohlar mazkur tarifdan foydalanishlari mumkin. Ushbu tarif bilan Madina shahridagi 5 yulduzli mehmonxonada 3 kun (nonushtasi bilan) va Makkadagi 5 yulduzli mehmonxonada 7 kun (nonushtasi bilan) lyuks xonalarda tunab qolinadi.
3. Delyuks tarifi - 13 500 000 so‘m
Delyuks tarifi Madina shahridagi mehmonxonada 3 kun (Haramga qaragan xona) hamda Makka shahridagi mehmonxonada 7 kun (Ka'ba tomonga qaragan xona) yashash imkonini beradi. Har ikki mehmonxona 5 yulduzli bo‘lib, tonggi nonushta ham beriladi.
Barcha tariflarda aviachipta narxi hisobga olinmagan va alohida 3 800 000 so‘mga sotib olinadi.
Alfa Tour kompaniyasi har bir sayyohning xavfsiz va qulay holda sayohat qilishini ta'minlaydi. Tur ishtirokchilari aeroportda kutib olinadi va kuzatiladi.
Shuningdek, sayohat davomida muqaddas Makka va Madina shaharlarida Umra amallarini bajarish bo‘yicha saboq beruvchi yo‘lboshlovchi xizmatlari ham taqdim etiladi.
Maxsus ekskursiyalar davomida Madinadagi musulmonlarning eng muborak qadamjolaridan bo‘lmish Xandaq, Qubo, An-nabavi, Qiblatayn va Uhud masjidlariga tashrif buyuriladi.
Bundan tashqari, Makkadagi Nur, Savr va Arofat tog‘lari ham ziyorat qilinadi.
Go‘zal va betakror musulmonlar olamiga sayohat qilib, unutilmas, xayrli lahzalarning guvohiga aylaning!
Murojaat uchun telefon: +998 71 242 00 00
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:39 / 05.03.2026
Madina va Jiddadan 21 reys: 4 948 nafar yo‘lovchi olib kelindi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
21:48 / 14.09.2025
Makka shahridagi deportatsiya markazida saqlanayotgan o‘zbekistonliklar qisqa muddatlarda vatanga qaytariladi
18:09 / 15.08.2025