Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook fotosuratlar va videolarning ishonchliligini tekshira boshladi
Facebook kompaniyasi fotosuratlar va videolarning ishonchliligini tekshira boshladi. Bu haqda kompaniyaning mahsulotlar bo‘yicha menejyeri Antoniya Vudford ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, faktcheking (factcheking – faktni tekshirish) deb ataladigan bu jarayon avval asosan odamlar tomonidan matnli xabarlarga nisbatan amalga oshirilgan. Vudfordning ta'kidlashicha, kompaniya “soxta axborotning boshqa shakllarini bilish uchun yangi texnologiyalar ustida faol ish olib bormoqda”.
Kompaniya potensial yolg‘on kontentni aniqlash uchun takomillashib boruvchi modelni yaratdi. Bu model qo‘llovchi metodlar qatoriga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan teskari aloqa kiradi. Tanlab olingan suratlar va videolar Facebook’ning mustaqil hamkorlariga faktcheking uchun jo‘natiladi. Ulardan ko‘pchiligi bunday materiallarni vizual tekshirish texnikalariga o‘rgatilgan.
Tekshiruvchilar suratlardan matnni ajratib olish uchun belgilarni optik aniqlash usulidan foydalanishadi.
Avgustda Facebook va Instagram’dan 650 dan ko‘proq sahifa, guruh va qayd qilish yozuvlari o‘chirib tashlangan. Bu sahifalarda joylashtiriluvchi materiallar foydalanuvchilarga yolg‘on axborot berishga qaratilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025