Jamiyat | 15:33 / 14.09.2018
28212
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda kaltaklangan fuqaro kasalxonada vafot etdi

Illyustrativ foto

2018 yil 9 sentabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchilar O.X. va Yo.M. “Ergashxon” xususiy korxonasi hududida o‘zaro janjal sabab Mundiyon qishlog‘ida yashagan M.A.ni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganlar.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada M.A. sog‘lig‘i yomonlashib  kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 13 sentabr kuni vafot etgan. O.X. va Yo.M. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid