O‘zbekiston | 15:53 / 14.09.2018
9998
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtinchalik cheklanadi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatri binosi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadigan tadbir munosabati bilan, 14 sentabr kuni 19:00 dan 22:00 gacha transport vositalari uchun quyidagi ko‘chalar yopiladi:

Zarafshon ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha;

Buxoro ko‘chasi – Nuroniy ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha;

Buyuk Turon ko‘chasi – Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha;

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun poytaxt ma'muriyati uzr so‘raydi”, - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid