O‘zbekiston | 15:16 / 14.09.2018
4554
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus: oliy ta'lim bo‘yicha hamkorlik yanada kengayadi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Belarus Respublikasi Ta'lim vaziri Igor Karpenko boshchiligida oliy ta'lim muassasalari rektorlari va mutaxassislaridan iborat delegatsiya qabul qilindi.

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov belaruslik hamkasbi bilan ikki davlat o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, zamonaviy yo‘nalishlar va mutaxassisliklarda bakalavr, magistrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Igor Karpenko Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan qo‘shma fakultet va O‘zbek-Belarus madaniy-ma'rifiy markazining ochilish ishlarining borishi bilan tanishish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga ham tashrif buyurdi.

 

 

.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid