Fan-texnika | 11:10 / 14.09.2018
8594
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda VPN-ilovalar ommabopligi pasaymoqda

Foto: KUN.UZ

O‘tgan hafta O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan iOS-ilova bo‘lgan VPN Proxy Master pozitsiyalarini yo‘qotmoqda va yettinchi o‘ringa tushib ketdi. Bundan App Annie ma'lumotlari darak beryapti.

Ilk yigirmatalikda bo‘lgan ikkita boshqa ilova - Best VPN Proxy Betternet, va VPN 24: Hotspot VPN for iPhone top-100dan butunlay chiqib ketdi.

Shu kabi holat VPN-ilovalarni yuklab olish soni keskin tushib ketgan Google Play’da ham kuzatilmoqda.

Bunga 12 sentabrdan boshlab Facebook O‘zbekistonda yana barqaror ishlab ketgani bilan izoh berish mumkin.

Undan bir kun oldin «O‘zbektelekom» Facebook bo‘yicha rasmiy bayonot bergandi.

«O‘zbektelekom» ijtimoiy tarmoqqa o‘zi tomonidan cheklov qo‘yilganligi haqidagi ma'lumotlarni inkor etib chiqdi.

Mavzuga oid