Bir neça kun mobaynida bir qator foydalanuvçilar Facebook ijtimoiy tarmoği va boşqa veb-resurslarga kirişda muammolarga duç kelmoqdalar, deb yozmoqda “Özbektelekom” axborot xizmati. 

“Facebook vakili uzilişlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Şimoliy Yevropadagi boşqa mamlakatlarda ham şunday muammolar kuzatilmoqda.

Şunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan çeklov qöyilganligi haqida ma'lumot paydo böldi”, - deyiladi xabarda.

“Özbektelekom“ AK uşbu xabarlarni inkor etdi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda «Özbektelekom» AK ma'lumotlar uzatiş tarmoği muntazam ravişda işlab turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Downdetector ma'lumotlariga köra Özbekistonda Facebook bilan deyarli muammo yöqligi, VPN’ning ommabopligi oşayotgani xabar berilgandi.