Jamiyat | 11:02 / 15.09.2018
24117
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Artel»da avtomobilsiz kun. Korxona xodimlari ishga velosipedlarda kelishdi

«Artel» korxonasi xodimlari «Avtomobilsiz kun» aksiyasida ishtirok etishdi va ish joylariga velosipedlarda kelishdi.

Foto: Artel

«Avtomobilsiz kun» aksiyasi O‘zbekistonda birinchi bor uyushtirilmoqda. Ushbu aksiyaning asosiy maqsadi sog‘lom hayot tarzi hamda ekologiyani saqlashni targ‘ibot qilish va katta shaharlarni haddan tashqari avtomobilizatsiyalash atrof-muhit uchun katta zarar ekanligini jamiyatga uqtirishdir.

«Avtomobilsiz kun» aksiyasining asosiy g‘oyalaridan biri bu tabiatga zarar yetkazuvchi avtotransportlarning o‘rniga inson organizmi uchun foydali hamda tabiatga zarar yetkazmaydigan bo‘lgan velosipedlardan foydalanishdir.

Foto: Artel

«Bu sog‘lik degani. Odamlarimiz faqat mashinalarda yurmasdan, ko‘proq velosiped haydasa, yuragi baquvvat bo‘ladi, umri uzayadi», – deya fikr bildirgandi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov.

«Artel» kompaniyasining xodimlari va rahbariyati ushbu fikrni to‘liq quvvatlab, «Avtomobilsiz kun» aksiyasida ishtirok etishdi va ish joylariga velosipedlarda tashrif buyurishdi. 

Foto: Artel

«Velosiped haydash insonning yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi, mushaklarga quvvat ato etadi, oyoqlar chidamliligini oshiradi, nafas olish tizimini yaxshilaydi va inson organizmiga bardamlik bag‘ishlaydi.

Foto: Artel

«Men velosiped haydaganimdan zavqlandim. Atrofdagi haydovchilar o‘ta tartibli, velosipedchilarga joy berishmoqda, muomalalari esa muloyim» – deydi kompaniya ishchilaridan biri.

Foto: Artel

«Bugun men ishga velosipedda yetib kelishga ahd qildim. Amir Temur va Osiyo ko‘chalari kesishuvida yangi qurilgan velosiped yo‘lakchalariga duch keldim. Mashinada yuraverib, poytaxtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga e'tibor bermagan ekanman. Bugun esa nafaqat velosiped haydashdan zavq oldim, balki Toshkent shahriga yangicha nazar tashladim, bo‘lib o‘tgan obodonlashtirish ishlariga e'tibor berdim. Poytaxtimiz yanada go‘zal, toza va ham haydovchilaraga, ham velosipedchi va piyodalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan shaharga aylanmoqda», - deydi «Artel» korxonasining yana bir xodimi.

Foto: Artel

«Artel»ning ishga velosipedda yetib kelgan barcha xodimlari yengillik va bardamlikni his qilayotganliklarini hamda unumli mehnatga tayyorliklarini bildirishdi.   

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid