Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husniddin Po‘latov WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi o‘tkazildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu oqshomda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Husniddin Po‘latov yarim o‘rta vazn toifasida indoneziyalik Soxlan Koralga qarshi ringga ko‘tarildi.
12 raundga mo‘ljallangan bahsda o‘zbekistonlik sportchi 6-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.
Po‘latov professional ringda 14-jangini o‘tkazdi. U shu vaqtgacha o‘tkazilgan janglarining 10tasida g‘alaba qozongan (5ta nokaut) va 3 marta mag‘lubiyatga uchragan (3ta nokaut). Indoneziyalik bokschi esa shu vaqtga qadar 24ta jang o‘tkazib, 17ta g‘alabaga erishgan va 7 marta mag‘lubiyatga uchragandi.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025