Grizmann o‘zini Messi va Ronalduga tenglashtirdi
«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann AS nashriga bergan intervyusida o‘z darajasiga baho berdi.
- O‘tmishdagi intervyularingizdan birida Messi va Krishtianu kabi futbolchilar bilan bir qatorda «katta stolda» o‘tirishni istashingiz haqida aytgandingiz. Hozir ana shu maqomda ekaningizni his etyapsizmi?
- Ha, shunday ekaniga ishonyapman. Futbolda boshqa kuchli futbolchilar ham paydo bo‘lmoqda va o‘z navbatida men ham yanada o‘sishga erishishim mumkinligini bilib turibman. Bu – menga turtki berib turadigan kuch, u meni o‘z o‘yinimni yaxshilashga, ko‘proq g‘alabalarga erishish va o‘z uslubimizni ko‘rsatgan holda g‘olib chiqishda davom etishga ruhlantirib turadi.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann JCh-2018da Fransiya termasi safida g‘olib chiqdi. U, shuningdek, avgustda «Atletiko» bilan Yevropa superkubogini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. «Matraschilar» Yevropa ligasida ham g‘olib chiqdilar. Ushbu sovrinlar egasi Antuan Grizmann esa FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar uchligiga kirmay qoldi.
«Endi hech narsa qilib bo‘lmaydi. Bu FIFAning mukofoti bo‘la turib, unga da'vogarlar uchligiga jahon chempionlaridan biror futbolchi kiritilmagani – uyat. Bizning Jahon chempionatidagi tarkibimiz juda kuchli edi. Masalan, Mbappe, Varan, Kante va hattoki o‘zim ham Rossiyadagi o‘yinlarimiz uchun tan olinishga munosib edik...
Biroq endi bo‘lar ish bo‘ldi. Ballon d’Or sovrinini [FIFA sovrinidan ko‘ra] nufuzliroq deb hisoblayman. Oldindagi 3 oy davomida bor kuchim bilan harakat qilaman va shundan so‘ng nima bo‘lishini kutish qoladi xolos», - deya ta'kidlagan Grizmann.
Mavzuga oid
13:19 / 26.03.2023
Yangilanayotgan Fransiya va Ispaniyada muammo yo‘q. Yevro-2024 saralashida tur yakunlari
16:18 / 11.09.2021
Ronalduda kambek, «Siti» Superkubok revanshi ilinjida, Grizmann va Suares Kataloniyaga, «Real» «Bernabeu»ga qaytmoqda. Hafta o‘yinlari anonsi
12:19 / 01.09.2021
Transferlar oynasi yopildi. So‘nggi kundagi asosiy o‘zgarishlar
08:48 / 01.09.2021