Voronej oblastida o‘zbekistonlik erkak otib o‘ldirildi
Talov tumanida 16 sentabr, yakshanba kuni yosh erkakning jasadi o‘q otar quroldan olgan jarohatlar izi bilan topildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Voronej oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi xabar bermoqda.
Voronejlik tergovchilar politsiyachilar bilan birgalikda ehtimoliy qotilni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkakni ov miltig‘i bilan 48 yoshli mahalliy fuqaro otib o‘ldirgan.
Xabar qilinishicha, jinoyatchi yakshanba kuni kechqurun o‘z akasi bilan gaplashib olish uchun uning uyiga miltiq olib borgan. Biroq, akasi uyda bo‘lmagan, uyda ikki ijarachi - O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan erkaklar va bir ayol kishi bo‘lgan.
Miltiq bilan qurollangan erkak ijaradagi shaxslardan akasini topib berishni talab qilgan, so‘ng 31 yoshli migrantga o‘q uzgan. Jarohat olgan erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Ikkinchi ijarachi va ayol kishi qotilning qo‘lidan miltiqni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
23:06 / 02.01.2025
Bloomberg: Yevropada gaz narxi 2023 yil oktyabrdan beri maksimumga chiqdi
18:59 / 02.01.2025
O‘zbekiston Rossiyaning eng yirik savdo sheriklari qatoriga kirdi
18:55 / 02.01.2025
Rossiyalik milliarderlar bir yilda qanchaga boyigani hisoblab chiqildi
18:11 / 02.01.2025