Jahon | 10:58 / 18.09.2018
8554
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina sudi sobiq prezidentni hibsga olishga order berdi 

Foto: Todo Noticias

Argentinalik sudya Klaudio Bonadio korruptsion jinoyatlarda ayblanayotgan mamlakat sobiq prezidenti Kristina Kirshnerni dastlabki hibsga olish to‘g‘risida order berdi.

Todo Noticias kanalining bildirishicha, bu ishni amalga oshirishning hozircha imkoni yo‘q. Gap shundaki, Kirshner amaldagi senator sifatida sud daxlsizligiga ega. Uning daxlsizlik huquqini faqat parlament bekor qila oladi.

Kirshner davlat bilan shartnoma tuzayotgan pudratchilar hukumatdagi tegishli shaxslarga foiz ajratishi lozim bo‘lgan korruptsion sxemada ishtirok etishda ayblanmoqda. 

Mavzuga oid