Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada dunyodagi ilk vodorod poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Fransiyaning Alstom kompaniyasi Germaniya shimolida vodorod yonilg‘i elementlarida ishlovchi dunyodagi ilk poyezd Coradia iLint qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
Birinchi poyezd yo‘lovchilar bilan birga 17 sentabr ertalab Quyi Saksoniyadagi Bremerferd, Kuksxafen, Bremerxafen va Bukstexude shaharlarini bog‘lovchi yo‘nalish bo‘yicha jo‘nagan. 16 sentabrda kompaniya poyezdning sinov qatnovini amalga oshirgandi.
Poyezd 140 km/soat tezlik bilan bir quvvatlanishda deyarli shovqin chiqarmay ming kilometr yo‘l o‘ta oladi. Poyezd tomida vodorod yonilg‘isi bo‘lgan sisterna va vodorod energiyasini elektr tokka aylantiruvchi yonilg‘i elementi o‘rnatilgan. Jarayon vaqtida ishlab chiqarilgan ortiqcha energiya pol ostidagi litiy-ion batareyalarga uzatiladi. Bu batareyalar poyezd sekinlashayotganda qo‘llanadi.
Alstom’da ta'kidlanishicha, Coradia iLint atrof-muhitga umuman zararli modda chiqarmaydi, poyezd tashqariga faqatgina bug‘ va kondensatlangan suv chiqaradi.
2021 yildan Bukstexude-Kuksxafen yo‘nalishi bo‘ylab 14 ta shunday poyezd harakatlana boshlaydi. Quyi Saksoniya transport vazirligi yaqin istiqbolda barcha dizel poyezdlarni vodorod poyezdlarga o‘zgartirmoqchi. Biroq bunda bir muammo mavjud bo‘lib, Germaniyada vodorod to‘ldirish stansiyalari tarmog‘i yaxshi rivojlanmagan va bu poyezddan foydalanishni qimmatga aylantiradi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026