Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar xodimining boshiga tosh bilan urgan shaxs qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 17 sentabr kuni Oq ostona mahallasida yashovchi T.B. shu mahalla hududida joylashgan ichki ishlari organlari tayanch punktiga kelib shu yerda xizmat olib borayotgan Uzun tumani IIB xodimi S.M.ga “sen ishlamayapsan, menga gaz ballon olib bermayapsan”, - deb tashqariga chiqib shovqin ko‘targan vaqtida S.M. uning oldiga chiqib uni tartibga chaqirgan.
Natijada T.B. xodimning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan va xodim kasalxonaga yotqizilgan.
T.B. ushlangan. Surishtiruvni tuman prokuraturasi olib bormoqda.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
10:09 / 31.03.2026