Jahon | 15:45 / 18.09.2018
4721
2 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada suv toshqinlari sababli milliy falokat e'lon qilindi

Foto: RT . Afolabi Sotunde

Nigeriya hukumati to‘rtta shtatda 100dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan suv toshqinlari sababli milliy falokat haqida e'lon qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti ma'muriyatining Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

"Nigeriya Federativ Respublikasining prezidenti va qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Muhammadu Buxoriy nomidan men, favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha milliy agentlik bosh direktori injyener Mustafo Mayxaja quyidagi: Kogi, Niger, Anambra va Delta shtatlarida milliy falokat haqida e'lon qilaman", — deya iqtibos keltiriladi Africa News nashrida.

Nashrning xabar berishicha, qolgan shtatlar kuzatuv ostida bo‘ladi. Qayd etilishicha, mamlakatning turli qismlarida suv toshqinlari oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun hukumat uch milliard nayr (qariyb 8,2 million dollar) ajratgan.

Avvalroq mamlakatning markaziy va janubiy qismida yuz bergan suv toshqinlari sababli 100 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Assoshieyted Press agentligining bildirishicha, Nigeriyaning markaziy qismida suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid