Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi toshqinlar 100 dan ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘ldi
Nigeriyada davomiy yomg‘irlardan keyin mamlakatdagi ikki yirik daryo – Niger va Benue qirg‘oqlaridan chiqib ketdi. Buning oqibatida yuz bergan toshqinlarda 100 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi, deb xabar berdi VVS telekanali.
Ma'lum qilinishicha, tabiiy ofat mamlakatning 12 ta shtatini qamrab olgan. Qishloq hududlari ayniqsa katta talofat ko‘rgan, bu yerda ekin maydonlari, turar-joylar, avtomobil yo‘llari suv ostida qolgan.
4 ta shtat: Kogi, Niger, Anambra va Deltada favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
Nigeriyada toshqinlar har yili yomg‘irlar mavsumida yuz berib turadi, biroq oxirgisi 2012 yildan beri eng kuchlisi bo‘lgan. Toshqinlar oxirgi yillarda yuz minglab nigeriyalikning boshpanasiz qolishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
09:42 / 28.02.2026