O‘zbekiston | 08:35 / 18.09.2018
5150
1 daqiqa o‘qiladi

TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘zgardi

Foto: TIV axborot xizmati

TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori etib Bobur Azizov tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, B.Azizov bunga qadar Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori Ulfat Qodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIVning Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlangan edi.

Mavzuga oid