O‘zbekiston | 09:47 / 18.09.2018
16761
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Belarus elektrobuslari sinovdan o‘tkaziladi

Foto: Avto onliner.by

Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi sinovdan o‘tkazish uchun Toshkentga elektrobusni taqdim etadi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Avvalroq, hokimlik Toshkent shahar v.b. hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va “Belkommunmash” bosh direktori Vladimir Korol kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan uchrashuv haqida xabar qilgan edi.

Vladimir Korolning ta'kidlashicha, elektrobus ekologik toza transport vositasi bo‘lib, u 5−7 daqiqada zaryadlanadi. Elektrobus videokuzatuv tizimlari, GPS-navigatsiya va iqlim nazorati bilan jihozlangan.

«O‘zbekiston prezidenti uchun kichik taqdimot o‘tkazdim. Men uning muqobil energiya manbalari haqida xabardorligi va bu sohada aniq rejalar haqida o‘ylashidan qoyil qoldim», — dedi “Belkommunmash” kompaniyasi rahbari.

Kompaniyaning elektrobusi innovatsion yo‘lovchi transport vositasidir. Shu bilan birga, u trolleybus va avtobusning afzalliklarini birlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga elektrobuslar olib kelinishi xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid