2017-2019 yillar davomida “Toşşahartransxizmat” AJ avtokorxonalariga “Le-60”, “ISUZU”, “MAN” rusumli, jami 770 ta yangi avtobuslar xarid qilinadi. Ular konditsioner va pandus (nogironligi bölgan kişilarning çiqib-tuşişlari uçun möljallangan yölaklar) bilan jihozlanadi.
Hozirda “Toşşahartransxizmat” AJ tarkibida 9 ta avtobus saroyi, 4 ta unitar korxona mavjud. Avtobus saroylari tomonidan 133 ta yönalişda transport xizmati yölga qöyilgan bölib, yiliga örtaça 200 milliondan ziyod yölovçi taşiladi. Mazkur yönalişlarga 1 124 ta avtobus biriktirilgan va ular tomonidan bir kunda 16 049 ta qatnov amalga oşirilmoqda.
Joriy yil boşidan uzoqdan nazorat qiluvçi GPS hamda A-21 tizimi qayta yölga qöyildi. Bu haydovçi va nazoratçi örtasidagi aloqa bölib, yönalişlarda sodir etiladigan qoidabuzarliklarni onlayn tarzda aniqlab, bartaraf etiş imkonini bermoqda.
Bundan taşqari, har bir avtokorxonada “Ma'muriyat nazorati” guruhlari taşkil etilgan. Ular tomonidan har kuni özlariga tegişli avtobus yönalişlarida monitoring va örganiş işlari olib boriladi.


Şuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi doirasida mamlakatga elektrobuslarni keltiriş yuzasidan loyihaga qöl urildi.
Singapurning yetakçi kompaniyalari bilan ötkazilayotgan muzokaralarda bir avtobus saroyi boşqaruvini ularga beriş masalasi har taraflama örganilmoqda. Bundan taşqari, avtosaroylarda "MAN" rusumli avtobuslar sonining ortib borayotganini hisobga olib, 5-avtobus saroyi qoşida “MAN” servis markazini quriş böyiça işlar boşlanmoqda.
Bekatlarga elektron tablo va Wi-Fi örnatiş böyiça jadal işlar ketmoqda. Bunga qöşimça ravişda avtobuslarga kuzatuv kameralarni örnatiş, 2030 yilgaça bölgan davrni öz içiga olgan jamoat transportini rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş, avtobus saroylarida davlat xususiy şeriklik asosida gaz quyiş şoxobçalarini (AGNKS) quriş ham rejalaştirilgan.












