AQSh Xitoy OAVga talab qo‘ydi
AQSh Adliya vazirligi Xitoyning ikkita OAVni ular xorijiy agentlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerakligi haqida xabardor etdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda yozmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, gap CGTN xalqaro axborot kanali va «Sinxua» axborot agentligi haqida ketmoqda.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi «so‘nggi haftalar» ichida ko‘rsatilgan OAVga murojaat qilgan. Amerika tomoni talablari lobbistlar faoliyati to‘g‘risidagi qonun bilan izohlanadi. Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, bu AQSh umumiy kursining bir qismi bo‘lib, u hozirda Xitoyga nisbatan juda qat'iy pozitsiyada bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoydan tovarlarga qo‘shimcha bojlar joriy etilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024