Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati O‘zbekistondagi yangi elchini tasdiqladi
Daniel Rozenblyum AQSh Senati tomonidan 18 sentabr kuni Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi yangi elchisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda AQSh Senati rasmiy sayti xabar bermoqda.
Senatning bayonotida Daniel Rozenblyumning avvalgi faoliyati qayd etilgan. Ulardan eng muhimlari - Afg‘onistondagi tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliyot, mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, O‘zbekistonda islohotlarni tezlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlardir. Shuningdek, Rozenblyum Qo‘shma Shtatlarning xususiy sektorini jalb etish va investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishda ham faol ishtirok etgan, deyiladi hujjatda.
2014 yildan boshlab Daniel Rozenblyum AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mas'ul kotibi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning O‘zbekistondagi hozirgi elchisi Pamela Spratlen diplomatik faoliyatini 2015 yilda boshlagan.
Mavzuga oid
17:26 / 21.12.2021
Aziz Abduhakimov va Daniel Rozenblyum Toshkent yoshlar forumida ekologiya mavzusiga alohida e’tibor qaratilganini olqishladi
19:51 / 15.09.2021
Amerika elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida gapirdi
11:05 / 31.08.2019
O‘zbekiston AQSh bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi
23:18 / 26.07.2019