30 avgust kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida AQŞning favqulodda va muxtor elçisi Daniel Rozenblyum qabul qilindi. Vazir Inomjon Majidov va Daniel Rozenblyum zamonaviy ta'lim yönalişlarida malakali mutaxassislar tayyorlaş maqsadida kelgusida oliy ta'lim sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş masalalarini muhokama qilişdi.
Uçraşuvda prezident Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQŞga qilgan davlat taşrifi davomida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz örtasida oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilgani qayd etildi.
Elçi amerikalik mutaxassislarning özbek oliy ta'lim muassasalarida ingliz tili fanini öqitiş metodikasini takomillaştiriş, öquv reja va dasturlarni tuziş, qolaversa, ikki davlat örtasida akademik mobillik dasturlarini yölga qöyişga qöşayotgan hissasini e'tirof etdi. Şu bilan birga istiqbolda malakali kadrlar tayyorlaşda özaro hamkorlikni rivojlantirişda hali juda katta imkoniyatlar borligini aytib ötdi.
– Sönggi vaqtlarda Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalari töqimaçilik va kimyo sanoati, farmatsevtika, arxitektura va quriliş, qişloq xöjaligi, tibbiyot, maşinasozlik, energetika va boşqa şu kabi texnika va muhandislik fanlari sohasida xalqaro hamkorlik qilişga katta e'tibor qaratmoqda, – dedi uçraşuvda Inomjon Majidov. – Biz AQŞ bilan bu yönalişlarda Toşkentda AQŞ universitetlari filialini taşkil qiliş yoki kadrlar tayyorlaş böyiça qöşma ta'lim dasturlarini yölga qöyiş böyiça hamkorlik qilişga doim tayyormiz.
Markaziy Osiyoda birinçi bölib Toşkentda Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oşiriş markazining oçilişi ikki davlat örtasidagi hamkorlikning misolidir. Joriy öquv yilidan öz faoliyatini boşlagan Vebsterning Toşkent filialida kompyuter texnologiyasi, boşqaruv va iqtisod, media kommunikatsiyalar, maktabgaça ta'lim sohasida bakalavrlar tayyorlanmoqda.

















