Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov va Daniel Rozenblyum Toshkent yoshlar forumida ekologiya mavzusiga alohida e’tibor qaratilganini olqishladi
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum «Toshkent yoshlar forumi - 2021» doirasidagi yoshlar bilan uchrashuv vaqtida forum tashkilotchilariga ekologiya mavzusiga alohida e’tibor qaratgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Turizm va sport vazirligining “Orol orzusi” dasturi bilan tanishtirdi.
Dastur yordamida Orolbo‘yi muammolarini jahon ommaviy madaniyatiga olib chiqish, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini “ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini targ‘ib qilishga hissa qo‘shish rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida vazir I.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi tomonidan Vashingtonda, tarixda ilk marta suratlar ko‘rgazmasi o‘tkazilishi, G‘arb yulduzlari bilan kollaboratsiya, Nukusda «besh tashabbus» xalqaro festivali, Qoraqalpog‘iston opera va baletini rivojlantirish dasturi, baxshichilik san’atini ommalashtirish va «Orol bolalari» ta’lim grantlari dasturi haqida ma’lumot berdi.
Mavzuga oid
13:52 / 23.04.2026
Oxirgi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo muzliklar hajmining 30 foizigacha qismini yo‘qotdi va bu jarayon tezlashyapti – Aziz Abduhakimov
17:39 / 27.11.2025
Toshkentda changga qarshi kurash doirasida o‘nlab favvora va sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi
09:56 / 27.11.2025
Daraxt ekish uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yozda bekor bo‘ladi
10:00 / 23.11.2025