Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Polsha Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga qarshi birgalikda kurashadi
AQSh va Polsha prezidentlari Donald Tramp hamda Anjyey Duda Rossiyani eng dolzarb umumiy tahdidlar sirasiga kiritishdi. Bu haqda RIA «Novosti» yetakchilarning qo‘shma bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Amerika-Polsha o‘zaro hamkorligi tahdidlar hamda umumiy xavfsizlikka chaqiriqlarni yo‘q qilish, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish, farovonlik va barqarorlik uchun kerakdir.
«Bu sheriklik Rossiyaning tajovuzkor xatti-harakatlari tufayli xavfsizlikka tahdid solayotgan chaqiriqlar fonida muhim ahamiyat kasb etadi», - deya ta'kidlanadi hujjatda.
Aniqlik kiritilishicha, xavfsizlikka boshqa chaqiriqlar orasida terrorizm, butun dunyo bo‘ylab ommaviy qirg‘in qurolining tarqalishi, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat va immigrantlar kontrabandasi bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Rossiyaning xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atagandi.