Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonining xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atadi. Bu haqda u polşalik hamkasbi Anjyey Duda bilan matbuot anjumani vaqtida aytib ötdi.

Ta'kidlanişiça, AQŞ yetakçisidan Rossiya Şarqiy Yevropaga tahdid uyğotişi borasida savol bilan murojaat qilişgan.

«Mening fikrimça, bu juda tajovuzkor vaziyat. Rossiya tajovuzkor harakat qilmoqda», - deya aytib ötgan Tramp.

Uning qöşimça qilişiça, Rossiya xuddi boşqa davlatlar kabi kuç va qat'iylikni hurmat qiladi. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Amerika tomoni öz qurolli kuçlarini mustahkamlagani va Rossiya bunga hurmat bilan qarayotganiga e'tibor berişni söragan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Amerika biznesi Rossiyadan butunlay çiqib ketişi mumkin ekani xabar qilingandi.