Pekin Vashingtonni Xitoy OAV uchun to‘siq paydo qilmaslikka chaqirdi
Xitoy TIV AQShda Xitoy ommaviy axborot vositalari me'yorida ishlashi uchun to‘siqlar paydo bo‘lmasligiga umid qiladi, dedi mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan.
Avvalroq Wall Street Journal gazetasi AQSh adliya vazirligi Xitoyning Sinxua axborot agentligi va CGTN telekanalidan xorijiy agent sifatida ro‘yxatdan o‘tishini talab qilganini xabar qilgandi. Nashrning ma'lum qilishicha, adliya vazirligi agentlik va telekanalga bu haqda "so‘nggi haftalar ichida" aytgan.
"Bilishimcha, Amerika va Xitoy tomoni bu masala bo‘yicha muloqot o‘tkazdi. Umid qilamizki, tegishli tomonlar OAV me'yorida faoliyat olib borishi uchun to‘siq qo‘yish o‘rniga qulay sharoitlar yaratadi", — dedi Gen Shuan AQSh adliya vazirligining Xitoy OAVga qo‘ygan talabi haqidagi xabarga izoh berarkan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024