Xitoy TIV AQŞda Xitoy ommaviy axborot vositalari me'yorida işlaşi uçun tösiqlar paydo bölmasligiga umid qiladi, dedi mamlakat taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Gen Şuan.
Avvalroq Wall Street Journal gazetasi AQŞ adliya vazirligi Xitoyning Sinxua axborot agentligi va CGTN telekanalidan xorijiy agent sifatida röyxatdan ötişini talab qilganini xabar qilgandi. Naşrning ma'lum qilişiça, adliya vazirligi agentlik va telekanalga bu haqda "sönggi haftalar içida" aytgan.
"Bilişimça, Amerika va Xitoy tomoni bu masala böyiça muloqot ötkazdi. Umid qilamizki, tegişli tomonlar OAV me'yorida faoliyat olib borişi uçun tösiq qöyiş örniga qulay şaroitlar yaratadi", — dedi Gen Şuan AQŞ adliya vazirligining Xitoy OAVga qöygan talabi haqidagi xabarga izoh berarkan.












